Rossiya gazini O’zbekistonga eksport qilish joriy yilning to’rtinchi choragidan boshlanadi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Rossiya gazini O’zbekistonga Qozog’iston hududi orqali eksport qilish bo’yicha Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida shartnoma imzolandi va unga muvofiq gaz yetkazib berish 2023-yilning to’rtinchi choragidan boshlanadi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
Vazirlikning qayd etishicha, tomonlar O’zbekiston gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo’yicha “yo’l xaritasi”ni ham imzolagan.
Hujjatlarni O‘zbekiston Bosh vazirining o’rinbosari Jamshid Xo’jayev ishtirokida Energetika vaziri Jo’rabek Mirzamahmudov hamda “Gazprom” boshqaruvi Raisi Aleksey Miller imzoladi.
Avvalroq Qozog’iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev mamlakat infratuzilmasi 2024-yilgi kuz-qish mavsumida Rossiya gazini O’zbekistonga tranzit qilish uchun tayyor bo’lishini aytgandi.