Yaqin o’n yil ichida shaxsiy avtomobillardan foydalanish kamayadi – McKinsey

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
2035-yilga borib butun dunyoda shaxsiy avtomobillardan foydalanish darajasi pasayadi va odamlar “samaradorroq, yashilroq va qulayroq” transportni tanlashadi, deb bashorat qilmoqda “McKinsey & Company” xalqaro konsalting kompaniyasi.
Kompaniya hisobotiga ko’ra, mobillik “jiddiy o’zgarishlar ostonasida turibdi” va uning asosiylaridan biri shaxsiy avtomobillardan foydalanishning qisqarishidir .
Prognozlarga ko’ra, 2035-yilga borib, shaxsiy avtomobillarda tashish ulushi 2022-yildagi 45 foizdan 29 foizgacha kamayadi. Ayniqsa, Yevropa va AQSh shaharlarida avtomobillardan foydalanish keskin kamayadi.
“Jamoat transporti, skuterlar, elektr velosipedlar va mini-avtomobillar – juda kichik uch yoki to’rt g’ildirakli transport vositalari avtomobil sotib olishga qurbi yetmaydigan odamlar uchun oxirgi chora emas, eng afzal transport turiga aylanishi mumkin”, — deyiladi hisobotda.
Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, bir qancha mamlakatlar hukumatlari “tirbandlikni kamaytirish va gaz chiqindilarini kamaytirish” maqsadida yo’llarda avtomobillar sonini kamaytirish choralarini ko’rmoqda, iste’molchilar esa “samaraliroq, yashilroq va qulayroq transport usullarini tanlashmoqda”.
Bugungi kunda, “McKinsey” hisob-kitoblariga ko’ra, dunyo bo’ylab 1,3 mlrd avtomobil ishlatilmoqda, ularning aksariyati xususiy mulkdir.