YI dan so’ng AQSh ham Alisher Usmonovni sanksiyalar ro’yxatiga kiritdi

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida Alisher Usmonovni “qora ro’yxat”ga kiritdi, deb xabar bermoqda Shveysariyaning Handelszeitung nashri. Ro’yxatga shuningdek tadbirkor Gennadiy Timchenko, Davlat dumasi deputati Sulaymon Kerimov va boshqa bir qator yirik tadbirkorlar ham kiritilgan.

Ma’lumot o’rnida, Ukrainada urush boshlangandan keyin Yevropa Ittifoqi, AQSh va yirik xalqaro moliya tashkilotlari Rossiyada faoliyat olib boruvchi siyosatchilar, tadbirkorlar va boshqalarga qarshi sanksiyalar joriy eta boshlagan.

2022-yil mart oyida Yevropa Ittifoqi (YI) sanksiyalar ro’yxatini kengaytirdi va unga USM holding asoschisi, kelib chiqishi asli o’zbekistonlik bo‘lgan rus milliarderi Alisher Usmonovni ham kiritdi. Keyinchalik AQSh tomonidan Alisher Usmonovning mulki, jumladan, super yaxtasi va samolyotidan foydalanishga taqiq qo’yildi. Italiyaning Sardiniya orolida esa Usmonovning mol-mulklari musodara qilindi.

Aprel oyiga kelib Buyuk Britaniyaning yangi sanksiyalar ro’yxatiga kelib chiqishi o’zbekistonlik bo’lgan uch ayol, jumladan, Alisher Usmonovning ikki singlisi ham kiritildi. May oyida Alisher Usmonov YeI kengashining unga nisbatan sanksiyalar qo’llash haqidagi qarorini bekor qilishni talab qilib, Yevropa sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Iyul oyida Alisher Usmonovning jiyanlari Buyuk Britaniya sanksiyalari ro’yxatiga kiritildi.

Shuningdek, noyabrda Financial Times O’zbekiston Yevropa Ittifoqidan Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni so’rayotgani haqida yozgandi. Nashrning yozishicha, O’zbekiston tomoni bu iltimosni amaldagi cheklovlar milliarderning mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritishiga xalal berayotgani bilan izohlagan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan