Ukrainaning Uklon taksi xizmati O’zbekistonda o’z faoliyatini boshladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
22-iyun kuni taksi xizmati Toshkentda faoliyatini boshlagani haqida ma’lum qildi.
“Bugundan boshlab sen bizning ilovamizdan foydalanishing va o’z qoidalaring bo’yicha harakat qilishing mumkin” — deyiladi kompaniya xabarida.
Qayd etilishicha, taksi xizmatini birinchi marta buyurtma qilganlarga safar narxi uchun 35 foizgacha chegirma taqdim etiladi.
Taksi xizmati ilovasini havola orqali yuklab olish mumkin.
Avvalroq Ukrainaning “Uklon” taksi xizmati O‘zbekistonda faoliyatini yo’lga qo’yishga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.
“Uklon” — Ukrainadagi eng yirik onlayn taksi chaqiruvi va yetkazib berish xizmati. Kompaniya o’z faoliyatini 2010-yilda boshlagan va hozirda Ukrainaning 28 ta shahrida vakolatxonalariga ega. Uklon orqali mashinaga buyurtma berishda siz taklif qilingan sayohat narxini sozlashingiz mumkin.