Rossiyaning Helix kompaniyasi O‘zbekistonda diagnostika markazlarini ochmoqchi

Rossiyaning “Helix” laboratoriya xizmati O’zbekistonda birinchi diagnostika markazlarini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “Interfaks” nashri xabar bermoqda.

Nahsrning qayd etishicha, O’zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Tojikiston, Qirg’iziston va Turkmanistonda franchayzing ostida diagnostika markazlari va kontaktsiz laboratoriya punktlarini ochish niyatida.

Hamkor ochishi kerak bo’lgan shoxobchalar soni mamlakatga qarab 30 tadan 100 tagacha. Aholisi ko’p bo’lgan mamlakatlarda shoxobchalar ochish boʻyicha koʻrsatkichlar ko’proq.

“Masalan, O’zbekistonda 350 ga yaqin savdo nuqtalarini ochishni rejalashtirganmiz. Franshiza birinchi 10 diagnostika markazi va 30 punktni mustaqil ravishda ochishi kerak, shundan keyingina u subfranshizani sotishi mumkin”, deya tushuntirdi “Helix” matbuot xizmati vakili.

Laboratoriya tarmog’i bosh direktori o’rinbosari Daria Goryakinaning soʻzlariga ko’ra, yangi franshiza punktlarini ochish uchun mamlakatlarni tanlash Rossiyaga o’xshash mentalitet, til to’siqlarining yo’qligi, shuningdek, bu yerda biznesni rivojlantirishni xohlaydigan rossiyalik relokantlar bilan bog’liq.

Dastlabki bosqichda Helix o’zining Rossiya laboratoriyalarida tadqiqot olib boradi yoki xorijiy hamkorlar xizmatlaridan foydalanadi.

“Helix” laboratoriya xizmati 1998-yilda tashkil etilgan. U 3,6 mingdan ortiq tadqiqot ishlarini bajaradi. Tarmoq Rossiya, Belarus va Qozogʻistonda 750 dan ortiq diagnostika markazlari va laboratoriya punktlarini o’z ichiga oladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan