Sanksiyalar Markaziy Osiyo davlatlarining Xitoy va Rossiyaga “qaramligi”ni oshiradimi?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Yevropa Ittifoqi (YI) sanksiyalar arsenalini kuchaytirishi fonida Rossiyaga sanksiyalardan qochishga yordam berayotgan davlatlarni ham jazolash masalasini ko’rib chiqmoqda.
Politico nashrining yozishicha, sanksiyalarning 11-to’plamida YI Rossiyaga cheklovlarni chetlab o’tishga yordam berayotgan uchinchi davlatlarni “jazolash” mexanizmi ishlab chiqilgan.
Shunga qaramay, sanksiyalar Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodini Rossiya va Xitoyga yana-da bog’lab qo’yishi mumkin.
Mutaxassislarning fikricha, shu bois ham ba’zi ittifoqqa a’zo davlatlar uchinchi davlatlarga jiddiy sanksiyalar kiritilishiga qarshilik qilmoqda. Ayni paytda, ularni jazolashdan ko’ra, muzokaralar olib borish samaraliroq.
Kelgusida YI Markaziy Osiyo davlatlarini jazolashni oxirgi chora sifatida qo’llashi mumkin. Zero, bir qancha davlatlar, jumladan, Germaniya ham ularga og’ir iqtisodiy zarbalar berish, diplomatik munosabatlarga putur yetkazishi va hatto mamlakatlarni Rossiya va Xitoyning qo’liga butunlay topshirish xavfini yuzaga keltiradi.
“Biz uchinchi davlatlarga nisbatan to’g’ridan-to’g’ri, keskin jazo choralarini qo’llashni xohlamayapmiz. Bu esa Markaziy Osiyodagi kompaniyalarni Putin va Sining quchog’iga “surish” bilan barobar”, — deydi anonimlik huquqiga ega bo’lgan Yevropa Ittifoqi diplomati.