Telegram’da Stories funksiyasi ishga tushadi

Tez orada Telegram messenjerida “Stories” funksiyasi ishga tushiriladi, deya xabar berdi Pavel Durov.

“Telegram” asoschisi Pavel Durovning yozishicha, ko’p yillar davomida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari “Stories” funksiyasini qo’shishni so’rashgan, biroq ishlab chiquvchilar uni yaqinda joriy etishga qaror qilishgan.

Uning so’zlariga ko’ra, yopiq testlardan so‘ng hatto skeptiklar (hamma narsaga ishonchsizlik, shubha bilan qaraydigan odam) ham bundan mamnun bo’lishgan.

“Dastlab, biz bunga qarshi edik, chunki “Stories” allaqachon hamma joyda bor. Biroq, agar biz foydalanuvchilarni tinglamasak va mavjud formatlarni yangilamasak, “Telegram” hozirgidek ommabop bo’lmas edi. Tez orada biz “Telegram” formatida “Stories” funksiyasini ishga tushiramiz”, — deb yozdi Durov.

Hozirda formatni sinovdan o’tkazish yakunlanmoqda, funksiya iyul oyi boshida foydalanuvchilarga taqdim etiladi.

Durovning ta’kidlashicha, foydalanuvchilarga hikoyalarning har birini kim ko‘rishi mumkinligini tanlashga ruxsat beriladi – barcha foydalanuvchilar, faqat mumkin bo’lgan istisnolar bilan kontaktlar, bir nechta tanlangan kontaktlar yoki yaqin do’stlar ro’yxati.

Hikoyalar o’zlari “chat” ro’yxatining yuqori qismidagi bo’limga joylashtiriladi. Ularni “Kontaktlar” bo’limida maxsus “Yashirin” ro’yxatda yashirib qo’yish mumkin.

Shuningdek, surat va videolarni tahrirlash vositalari, imzolar va boshqa odamlarni belgilash imkoniyati qo’shiladi.
Bundan tashqari, messenjer smartfonning old va asosiy kameralari tomonidan olingan surat va videolarni bir vaqtning o’zida e’lon qilishi mumkin bo’ladi.

Shuningdek, foydalanuvchilar hikoyaning qachon tugashini tanlashlari mumkin. Masalan, 6, 12, 24 yoki 48 soatdan keyin yoki har biri uchun individual maxfiylik sozlamalari bilan o’z sahifalarida hikoyalarni doimiy ravishda ko’rsatishlari mumkin bo’ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan