Rossiyada o’zbek gilosini xarid qilish keskin oshdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Ruslar o’zbek gilosini ommaviy xarid qila boshladi. Mart-iyun oylarida ushbu meva savdosi o’tgan yilning shu davriga nisbatan ikki-to’rt baravarga oshgan.
Ekspertlarning fikricha, savdo hajmining keskin o’sishi joriy mavsumda O’zbekiston va Rossiyada yetishtirilgan hosilning yuqori sifatiga bog’liq.
“Yandex Lavka” xaridorlari joriy yilning mart-iyun oylarida o’tgan uch oyga nisbatan ikki baravar ko’p gilos sotib olishdi. “Samokat” internet-do’konida o’zbek gilosiga bo’lgan talab to’rt baravarga, “Magnit” tarmog’ida esa “ikki xonali raqam” miqdorida oshgan.
O’zbek mevalari bu yil juda xaridorgir. Mutaxassislarning fikricha, 2023-yilda O’zbekiston o’rikdan ham rekord miqdorda hosil oldi va uni eksport qilish bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni egalladi.