Rossiyaga qariyb 1 mln rubllik “Chevrolet Damas” kiritildi, – РГ

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Rossiyalik dilerlar “Chevrolet Damas” mikroavtobuslarini parallel ravishda import qilishni boshladi. Bu haqda “Российская Газета” xabar bermoqda.
2023-yilda ishlab chiqarilgan “Chevrolet Damas” Rossiya bo‘ylab hozirda taxminan 11 600 dollar ekvivalentida sotilmoqda. Ular asosan O’zbekiston va Qozog‘istonda yig‘ilgan.
“Damas” mikroavtobuslari “General Motors” litsenziyasi ostida ishlab chiqariladi. GM Ukrainada urush boshlangach Rossiyani tark etgandi.
Keyinroq avtomobillarni O‘zbekistonda yig‘uvchi “UzAuto Motors” ham o‘z mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berishni to‘xtatgan edi.
Buning ortidan Rossiyaning “Chevrolet” dilerlik markazlarida tez fursatlarda avtomobillar tugadi.
Xorijiy brendlardan rasmiy yetkazib berishni qisqarishi fonida rossiyalik dilerlari chet el avtomobillarini parallel import qilish bilan shug‘ullanmoqda. Dilerlar Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa qo‘shni davlatlardagi avtomobillarni Rossiyaga olib kiradi.
O‘zbekiston rossiyalik xaridorlar uchun yangi avtomobillarning boy manbaiga aylandi. 2022-yil oxiridan boshlab OAV “Chevrolet” markali boshqa avtomobillar, xususan, “Spark”, “Nexia” va “Cobalt” modellari keng tarqalgani haqida xabar berdi.
Parallel import O‘zbekistonning savdo balansiga ijobiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Biroq bu G‘arb tomonidan kiritilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalar xavfini ham oshiradi.