Twitter postlarni ko’rishga vaqtinchalik cheklov joriy qildi

“Twitter” foydalanuvchilar xabarlarini ko’rishga vaqtinchalik cheklovlar joriy qilmoqda, deya xabar berdi “BBC Rus xizmati” Ilon Mask so’zlariga tayanib.

Ilon Mask ma’lumotlar yig’ish va tizimni manipulyatsiya qilishning “o’ta darajasi” bilan bog’liq holda ijtimoiy tarmoq tomonidan cheklovlar joriy etilgani haqida ma’lum qildi. Biroq, amerikalik milliarder ma’lumotlar yig’ish deganda nimani nazarda tutganini tushuntirmadi.

Endi tasdiqlangan akkauntlarga ega “Twitter” foydalanuvchilari kuniga 10 mingtagacha postni, obunasiz 1000 tagacha tvit, yangi foydalanuvchilar esa 500 tagacha xabarlarni o’qishi mumkin bo’ladi.

Maskning qarori ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini veb-versiyasi orqali oyiga 8 dollar, iOS va Android ilovalari orqali esa 11 dollar turadigan pullik obuna bo’lgan “Twitter Blue”ni sotib olishga undash istagi bilan bog’liq bo‘lishi mumkin.

Britaniyaning “BCS” axborot texnologiyalari tadqiqot tashkiloti eksperti Adam Leon Smit bu harakatni “juda g’alati” deb atadi, chunki yangi cheklov choralari “Twitter”ning reklama daromadiga ta’sir qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan