Bulg’or qalampirining ulgurji narxi bir haftada ikki barobarga arzonlashdi

So’nggi bir hafta ichida O’zbekistonda yashil bulg’or qalampirining ulgurji narxi 2 barobardan ziyodroqqa arzonlashdi.

Oxirgi ikki hafta ichida qizil shirin qalampirning ulgurji narxlari dinamikasida ham pasayish kuzatilmoqda. Bozor ishtirokchilarining fikriga ko’ra, bu ochiq yer ekinlaridagi hosilning o’sishi bilan bog’liq.

“EastFruit” narxlar monitoringiga ko’ra, 2023-yil 23-iyundan 30-iyungacha yashil bulg’or qalampirining o’rtacha ulgurji narxlari bir kilogrammi uchun 7000 so’mdan 3000 so’mgacha pasaygan. Shu bilan birga, joriy yilgi ulgurji narxlar o’tgan yilga qaraganda sezilarli darajada tushgan.

Misol uchun, 2023-yil 30-iyun holatiga ko’ra, ushbu mahsulotlarning o’rtacha ulgurji narxlari o’tgan yilning shu sanasiga nisbatan 1,7 barobarga arzonroq.

Xuddi shunday haftalik narxlarning pasayishi taxminan ikki yil avval, 2021-yilning iyul oyida kuzatilgan edi.

16-iyundan 30-iyungacha qizil bulg’or qalampirining o’rtacha ulgurji narxi 1 kilogrammi uchun 25 000 so’mdan 13 000 so’mgacha tushgan.

Qizil shirin qalampirning narx dinamikasi 2021-yilning xuddi shu davrida 30 ming so’mdan 15 ming so’mgacha pasaygan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan