Milliarder Usmonov kambag’allashib bormoqda — Bloomberg

Rossiyalik biznesmen, USM xolding asoschisi Alisher Usmonov “Bloomberg” nashri tomonidan e’lon qilingan dunyoning 500 ta eng boy odamlari reytingida pastga qulashda davom etyapti.

2023-yilning iyun oyi boshida Usmonov 91-o’rinda qayd etilgan bo’lsa, 3-iyulda uning boyligi 18,3 mlrd dollarga baholanib, milliarderlar indeksida 93-o’rindan joy oldi.

Eslatib o’tamiz, tadbirkor USM xoldingining 49 foizlik ulushiga egalik qiladi. 2015-yildan beri Usmonov “Kommersant” nashriga tegishli “Kommersant Holding” MChJning yagona xo’jayini hisoblanadi.

2023-yilda “Forbes” jurnali tomonidan e’lon qilingan ro’yxatda Usmonov 122-o’ringa munosib ko’rilgan. Nashr rossiyalik tadbirkorning boyligini 14,4 mlrd dollarga baholagan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan