Toshkent xorijliklar uchun dunyodagi eng arzon shaharlar reytingiga kirdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Toshkent xalqaro xodimlar uchun dunyodagi eng arzon shaharlar o’ntaligiga kiritildi.
“Mercer” konsalting agentligi har yili shaharlarni chet elliklarning yashash narxi bo’yicha reytingini tuzadi.
U har bir shahardagi 200 dan ortiq toifalarning nisbiy qiymatini o‘lchaydi, jumladan, uy-joy, transport, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari va o‘yin-kulgu.
Toshkent chet ellik ishchilar uchun eng arzon shaharlar reytingida bir yilda uch pog‘onaga tushib, o‘ninchi o‘rinni egalladi.
Toshkent Tunis, Durban (Janubiy Afrika), Anqara va Vindxuk (Namibiya)dan bir oz pastroq o‘rinda. Markaziy Osiyodagi muhojirlar uchun yashash uchun eng arzon joylar Dushanbe va Bishkekdir. Islomobod, Karachi (Pokiston) va Gavana (Kuba) dunyodagi eng arzon shaharlar deb tan olingan.
Dunyoning eng qimmat joylari o‘ntaligiga Yevropaning beshta shahri kiradi, ulardan to‘rttasi Shveysariyada, beshinchi o‘rinda Kopengagen joylashgan.
Dastlabki ikki o‘rin Osiyo shaharlariga nasib etdi: Gonkong va Singapur. Ushbu ro‘yxatga Nyu-York, Tel-Aviv va Nassau (Bagama orollari) ham kiradi.
Bu yil “Mercer” tadqiqotchilari butun dunyo bo‘ylab inflyatsiya bosimini qayd etishdi. Iste’mol savatini tahlil qilar ekan, ular narxi eng ko‘p oshgan shakar, o‘simlik moyi va sariyog‘ni ajratib ko‘rsatishdi.