O’zbekistonning davlat yoki xususiy sektorida ishlayotgan xodimlar soni qancha?

Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ayni paytda O’zbekistondagi xususiy va davlat tashkilotlarida rasmiy faoliyat yuritayotgan jami xodimlar sonini ochiqladi.

Vazirlik e’lon qilgan infografikada 2023-yil 1-iyul holatiga ko’ra, Yagona milliy mehnat tizimida 5,5 million nafar jismoniy shaxs ro’yxatdan o’tgan. Shundan erkaklar 2,9 million, ayollar 2,5 million nafarni tashkil etadi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda davlat tashkilotlarida 2,2 million, xususiy sektorda 3,2 million xodim faoliyat yuritmoqda. Jami ishlovchi pensioner xodimlar soni 601,7 ming nafar, ishlovchi talabalar esa 110,9 ming nafar.

Vazirlik axborotiga ko’ra, eng ko’p xodim ishlaydigan soha — ta’lim (1,3 million kishi). Keyingi o’rinda sanoat (979,8 ming). Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi sohasida 761,5 ming, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda 625,4 ming nafar xodim ishlaydi.

O’tgan 2022-yilning 3-mart kunidan hozirgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 553 ming 746 kishi bandlik bo‘limlari orqali ishga joylashgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan