O’zbekiston may oyida oltin sotish bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni egalladi

Jahon oltin kengashi (WGC) ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston may oyida oltin sotish bo’yichi dunyoda ikkinchi o’ringa chiqdi.

Jahon markaziy banklarining oltin-valyuta zaxiralari 27 tonnaga kamaydi. Aprel oyi bilan solishtirganda, qimmatbaho metallar savdosi ikki baravardan ko’proqqa kamaydi.

May oyida O’zbekiston xorijga 11 tonna oltin sotdi, bu esa Qozog’iston va Germaniyadan keyingi ko’rsatkichlardan 5,5 barobar ko’pdir.

Turkiya 63 tonnalik ko’rsatkich bilan qimmatbaho metall sotish bo’yicha yana mutlaq yetakchiga aylandi. Mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining faol sotilishini Turkiya Markaziy bankining milliy valyutani sun’iy ravishda qo’llab-quvvatlash borasidagi avvalgi siyosati bilan izohlash mumkin.

Iyun oyida regulyatorning ushbu kursni o’tkazishdan bosh tortishi turk lirasining keskin qulashiga olib keldi.

Polsha may oyida oltinning asosiy xaridoriga aylandi — 19 tonna. Ikkinchi o’rinda 16 tonna bilan Xitoy joylashgan. Undan keyin Singapur, Rossiya, Iroq, Hindiston, Chexiya va Qirg’iziston — to’rt tonnadan ortiq emas.

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko’ra, may oyida O’zbekiston oltin eksportini 1,3 mlrd dollarga yetkazdi.

Besh oy davomida qimmatbaho metallarning xorijga yetkazib berish hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 47,3 foizga oshib, 4,37 mlrd dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank statistik ma’lumotlariga ko’ra, may oyida oltin zaxiralari jismoniy jihatdan 9 tonnaga va ekvivalentida qariyb 1 mlrd dollarga kamaygan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan