O’zbekistonda Rossiyaning “Litres” elektron va audiokitoblar xizmati ish boshladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
10-iyuldan boshlab O’zbekistonda “Litres” elektron kitoblar va audiokitoblar xizmati ish boshladi.
Katalogda o’zbek tilidagi 1500 nomdagi kitoblar mavjud. Shuningdek, xizmatda rus va boshqa tillardagi kitoblar ham taqdim etilgan. 2023-yil oxirigacha assortimentni 4000 ta elektron kitoblar va audiokitoblarga yetkazish rejalashtirilgan.
Hozirda 13 ta respublika nashriyoti, jumladan, eng yirik nashriyotlar: “Asaxiy kitoblar”, “Sharq”, “Adabiyot”, “Yangi asr avlodi” bilan shartnomalar tuzilgan. Kitoblarni Humo va Uzcard to’lov tizimlaridan foydalangan holda veb-sayt hamda iOS va Android uchun mobil ilovasi orqali (ppd) xarid qilish mumkin.
“Biz O’zbekistondagi raqamli kitob bozori salohiyatini yuqori baholaymiz. Bizning tahlilarimizga ko’ra, kelajakda uning mamlakatdagi quvvati yiliga 4−5 million dollarga yetishi mumkin”, – deydi guruh bosh direktori Sergey Anurev.
“Bunga, birinchi navbatda, an’anaviy bosma kitoblar bozorida taqdim etilgan ko‘plab nashriyotlar yordam beradi — taxminan 40 ta”, dedi u.
2022-yilning dekabrida “Litres” Ozarbayjon bozoriga kirgan. Ukrainadagi mojaro avj olishidan oldin xizmat Polshada ham ishlagan va Estoniyaning EDRK elektron kitob platformasini boshqargan, ammo hozir bu mamlakatlarni tark etgan.