O’zbekistonda “investitsiya menejeri” lavozimi joriy etiladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
O’zbekiston Investitsiya vazirligida yangi investorlarning har biriga hamrohlik qilish uchun “investitsiya menejeri” lavozimi joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig’ilishida ma’lumot berdi.
“Investitsiya menejerlari” bevosita vazirga bo’ysunadi va xorijiy investorlar bilan doimiy aloqada bo’lib, kelib tushgan masalalarni hal qilib boradi. Xorijiy kelishuvlar doirasidagi investorlar bilan ishlash bo’yicha yangi tizim joriy etiladi.
Yig’ilishda investitsiya va tashqi ishlar vazirlarining barcha o’rinbosarlariga “investitsiya menejerlari” bilan birga shu tizim asosida jami 437 nafar investor bilan amaliy ishlarni boshlab, joriy yilning o‘zida qo‘shimcha 3 mlrd dollar investitsiya jalb qilish vazifasi qo’yildi.
Qayd etilishicha, investitsiya jalb qilish bo’yicha Vengriya, Pokiston, Tailand, Chexiya va Yaponiya bilan hamkorlikda o’sish kuzatilgan. Bu davlatlardan o’tgan yili 40 mln dollarlik investitsiya jalb qilingan bo’lsa, joriy yilning o’zida bu ko’rsatkich 450 mln dollarga ko’paygan. Lekin, Misr, Eron, Ispaniya, Hindiston va Belgiya davlatlaridagi elchilar faoliyatida hali natija ko’rinmayotgani ta’kidlandi.