“Twitter” xodimlari “Threads”ga ko’chyapti

“Twitter” xodimlari Mark Sukerbergning yangi “Threads” tarmog’iga ko’chib o’tmoqda, ularning ko’pchiligi loyihani maqtashdi. Bu haqda “The Daily Beast” nashri xabar beryapti.

“Buning uchun ishdan bo’shatilaman, lekin shuni aytishim kerakki, men hozir “Twitter”da ishlayman va undan hech qachon foydalanmaganman. “Threads” shunchaki yaxshiroq”, deb yozdi “Twitter” xodimlaridan biri yangi ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida. Boshqa bir ishchi ham “ro’yxatga olish jarayoni haqiqatan ham yoqimli bo’lganini” tan olgan.

Nashr maʼlumotlariga ko’ra, “Linkendin” akkauntlari orqali aniqlangan 133 ta “Twitter” xodimlaridan 31 tasi allaqachon “Threads”da sahifa ochgan.

Tarmoq egasi Ilon Mask aprel oyida “Twitter”da 1500 ga yaqin xodim borligini aytgandi.

Jurnalistlarning tushuntirishicha, xodimlarning ayrimlari yangi tarmoq dizayni va xususiyatlarini o’rganish uchun akkauntlar yaratgan, biroq ko’pchilik Sukerberg loyihasini yoqtirishini ochiq tan olgan.

“Twitter”ning sobiq rahbari va Mask tarafdori Ester Krouford ham “Threads” akkauntini yaratdi, unda u milliarderning kompaniyadagi so’nggi qarorlarini tanqid qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan