2023-yilda Pepsi Co’ning daromadlari 22,3 mlrd dollarga yetdi

2023-yilning ikkinchi choragida PepsiCo’ xalqaro oziq-ovqat korporatsiyasining savdo hajmi kamayganiga qaramay, foyda va daromadlari oshdi. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar bermoqda.

PepsiCo’ning yillik foydasi qariyb ikki baravarga o’sib, 2,7 milliard dollarni tashkil etdi. Kompaniya daromadi esa 10 foizga yuqorilab, 22,3 milliard dollarga yetdi. Ko’rsatkichlar allaqachon tahlilchilarning prognozlarini ham ortda qoldirgan, deyiladi xabarda.

Kompaniya 2023-yil oxirigacha daromadlari 10 foizga oshishiga ishonadi. PepsiCo’ aksiyalarining narxi ushbu yangilikdan so’ng ko’tarilgan.

2023-yilning ikkinchi choragida PepsiCo’ sotuvi pasayishi fonida korporatsiya narxlarni 15 foizga oshirish orqali foyda va daromadlarining o’sishiga erishdi. Iqtisodchilarning ta’kidlashicha, biznesda ortiqcha foyda olishga intilish AQShda inflyatsiyaning oshishiga olib keladi.

Ma’lumot o’rnida, PepsiCo’ – Amerikaning alkogolsiz ichimliklar va sneklar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya “Pepsi”, “Mountain Dew”, “Lays” singari brendlari bilan mashhur.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan