“Google” nima uchun “KitKat” brendiga hamkorlik taklif qilgan?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Siz bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar
2013-yilda “KitKat” shokolad brendi “Google” bilan hamkorlik qilganiga ishonasizmi? O’sha paytda “Google” juda mashhur edi. Ushbu kompaniya bilan hamkorlik tufayli shokolad savdosi “uchib ketgan”.
Ko’pchilik bu g’oya “KitKat” tomonidan taklif etilgan deb o’ylaydi. Aksincha, g’oya aslida “Google”ga tegishli edi. Sababi oddiy — “Google” muhandislari “KitKat”ni juda yaxshi ko’rishgan. “Google” Android operatsion tizimining 4.4 versiyasini “KitKat” deb nomlamoqchi bo’lgan.
“Android K’ versiyasi uchun jamoaning sevimli shokoladidan ko’ra yaxshiroq nomni tasavvur qila olmadik” – degan edi “Android Marketing” direktori Mark Vanlerberge.
Ularning hamkorligini nishonlash uchun 19 mamlakatda “Android” brendi bilan 50 million “KitKat” shokoladlari sotilgan. Xaridorlarni “Nexus 7” plansheti va “Google Play” sovg‘a kartalarini yutib olish imkoniyati o’ziga jalb qilgan.