Apple egiluvchan iPhone ishlab chiqaradi

Apple yangi iPhone smartfoni uchun egiluvchan displayga patent oldi.

AQSh Patent va tovar belgilari idorasi (USPTO) sayti allaqachon yangilikni ommaga oshkor qilgan.

Qayd etilishicha, qurilmaning egiluvchan OLED-paneli ichkari tomonga o‘ralishi va shu tariqa smartfon ekrani o‘lchamini sozlash mumkin. Smartfon bir zumda dastlabki holatiga o’tadi.

Muhandislar telefon ekrani himoya qatlamiga ham e’tibor qaratishdi. Ya’ni, ekran old paneliga shikast yetmasligi uchun qulay datchiklar o’rnatilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan