Chexiyadan sotib olingan birinchi samolyot yetib keldi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
“Uzbekistan airways” aviakompaniyasi birinchi LET L-410 havo kemasini kutib oldi.
Yangi turdagi samolyot an’anaviy ravishda suv arkasi bilan kutib olindi. Bu haqda “Uzbekistan airways” AJ rasmiy sayti ma’lum qildi.
Uzbekistan Airways o‘zining transformatsiyasi jarayonida nafaqat xorijda, balki mamlakat ichida ham parvozlar geografiyasini kengaytirishni davom ettirmoqda.
LET L-410 samolyoti parvoz xususiyatlari tekshirilganidan so‘ng Bolgariya, Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon va Turkmanistonda yonilg‘i quyish uchun oraliq qo‘nish bilan o‘z manziliga muvaffaqiyatli yetib keldi. Ushbu havo kemasi LET Aircraft Industries Chexiya ishlab chiqaruvchisining mahsuloti hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yilning birinchi yarmida aviakompaniya tomonidan faqat respublika ichidagi yo‘nalishlarda 3077 ta reysni, 2023-yilning shu davrida esa 3200 dan ortiq reyslar amalga oshirildi.
Samolyot haqida ma’lumot:
L-410 UVP-E20 – qisqartirilgan uchish-qo‘nish yo‘lagidan uchish va qo‘nish uchun mo‘ljallangan ikki dvigatelli qisqa masofali transport samolyoti. Ekstremal ob-havo sharoitida (-50 °C dan +50 °C gacha) ekspluatatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. 19 ta yo‘lovchi o‘rindiqlari va moslashuvchan konfiguratsiyaga ega bo‘lib, unda yuk bo‘linmasini jihozlash mumkin.