O’zbek so’mi eng zaif valyutalardan biri  

“Forbes” jurnali muxbiri Jo Gorves dunyo bo‘yicha eng qiymatli va zaif valyutalar ro’yxatini e’lon qildi.

Hamma AQSh dollarini eng kuchli valyuta deb biladi va  dunyoda qonuniy to’lov vositasi sifatida tan olingan. Shunga qaramasdan, Jo Gorves dollar kuchli o’ntalikning oxiridan o’rin olgan.

Unga ko’ra,

Quvayt dinori (KWD) qiymati bo’yicha birinchi o’rinda

Ikkinchi o’rinda Bahrayn dinori (BHD) turibdi.

uchinchi o’rinda esa Ummon riali (OMR).

Iordaniya dinori (JOD) to’rtinchi, beshinchi o’rinda Britaniya funti (GBP).  

Oltinchi o’rinda Gibraltar funti (GIP), yettinchi Kayman orollari dollari (KYD), sakkizinchi o’rinda Shveytsariya franki (CHF)

Yevro (EUR) qiymatli valyutalar orasida to’qqizinchi o’rinni egallab turibdi.

AQSH dollari 10 talikning quyidan o’rin olgan.

 

Eng zaif valyutalar 10 taligi

Ro’yxatni Eron riali (IRR) boshlab bergan.

Ikkinchi o’rinni Vetnam dongi (VND),

Laos kipi (LAK) uchinchi o’rinda,

To’rtinchi  Syerra-Leone leonesi (SLL),

beshinchi Indoneziya rupiyasi (IDR),

олтинчи Livan funti (LBP),

O‘zbekiston so‘mi (so‘m) yettinchi,

Gvineya franki (GNF) sakkizinchi, Paragvay guarani (PYG) to’qqizinchi va ro’yxatning oxirini Uganda shillingi (UGX) band qilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan