O’zbekiston oltin xaridida to‘rtinchi

Markaziy banki iyun oyida 8 tonna oltin sotib oldi

Bu haqda “Kitco” rasmiy kanali xabar bermoqda.

Iyun oyida O‘zbekiston Markaziy banki 8 tonna oltin sotib oldi va qimmatbaho metallarni xarid qilish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, bu mamlakat Markaziy bankining so‘nggi uch oydagi birinchi oltin xarididir. Oxirgi marta O’zbekiston fevral oyida 8 tonna sotib olgan edi.

Eng yirik xaridor 21 tonna oltin sotib olgan Xitoy Xalq banki bo‘ldi. Umuman olganda, so‘nggi 8 oyda mamlakat 165 tonna oltin xarid qildi.

Polsha 13 tonna oltin bilan ikkinchi, Turkiya esa 11 tonna oltin bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki ikkinchi chorakda qimmatbaho metallar sotib olishga 19,5 trillion so‘m sarflagan. Oltin sotib olish xarajatlari joriy yilning birinchi choragiga nisbatan 9,9 foizga oshdi. O‘tgan yilning shu davrida 17,2 trillion so‘mlik xaridlar amalga oshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan