O‘zbekistondagi eng ommabop ilova ma’lum bo‘ldi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Markaziy Osiyo tadqiqotlar guruhi o‘zbekistonliklar kundalik muammolarni hal qilishda qaysi ilovalardan foydalanishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.
18 dan 54 yoshgacha bo‘lgan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotga ixtisoslashtirilgan xizmatlar, to‘lov dasturlari, messenjerlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar kiritilgan.
Unga ko‘ra, xarid qilish uchun foydalanadigan xizmatlar reytingida Uzum Market 72% ovoz bilan birinchi, Instagram 45%, Telegram esa 44% ovozlar bilan ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band qilgan. Shuningdek, ZoodMall (43%), OLX (32%), Texnomart (28%), Alif (28%) kabi mashhur xarid dasturlari ham reytingdan o‘rin olgan.
Kundalik to‘lov ilovalari reytingida esa Click 71% ovoz bilan yetakchilik qilgan. Payme 65% ovoz bilan ikkinchi o‘rinda, Uzum Bank 57% ovoz bilan uchinchi o‘rinni egallagan.
Shuningdek, Markaziy bankning milliy 2.0 ilovasi (53%), Xalq bankining Xalq Mobile ilovasi (38%), Ipoteka bankining Ipoteka Mobile (38%) dasturlari mamlakatda mashhur bo‘lgan xizmatlar qatoriga kiritilgan.
Interesting blog post!
Interesting blog post!