Oʼzbekistonliklar Koʼrfaz davlatlariga vizasiz borishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev “Koʼrfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitida Oʼzbekiston Koʼrfaz davlatlari (Saudiya Аrabistoni, Kuvayt, Qatar, BАА, Ummon, Bahrayn)ga vizasiz rejim joriy etish toʼgʼrisida alohida toʼxtaldi.

“Koʼrfaz – Markaziy Osiyo” yagona vizasiz sayyohlik makonini va turistlar uchun moʼljallangan zamonaviy klasterlarni yaratish, qoʼshma turistik mahsulotlarni koʼpaytirish ayni muddao boʼlar edi”, — deydi Prezident.

Oʼzbekiston rahbarining taʼkidlashicha, Koʼrfaz davlatlari yetakchi kompaniya va banklari bilan amalga oshirilayotgan umumiy loyihalar portfeli 20 milliard dollardan oshadi.

Shuningdek, Mirziyoyev oʼzaro erkin savdo rejimini joriy etish, texnik reglamentlarni uygʼunlashtirish va elektron tijoratni rivojlantirish muhimligini taʼkidlagan.

Prezident sammit aʼzolarini Koʼrfaz davlatlarini eng yaqin va qulay yoʼl orqali mintaqamiz bilan bogʼlaydigan Transafgʼon temir yoʼlini qurish strategik loyihasida faol ishtirok etishga chorladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan