Qirg‘iziston AQSh sanksiyalaridan qo‘rqdimi?

Qirg‘iziston bojxona xizmati Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng ikki tomonlama mahsulotlarga eksport nazoratini kuchaytirdi.

Bu haqda mamlakat Iqtisodiyot va savdo vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Qayd etilishicha, endilikda ikki maqsadli mahsulotlarni barcha zarur ruxsatnomalar berilgandan keyingina olib kirish va mamlakatdan olib chiqish mumkin bo‘ladi. Vazirlik 2022-yilda Qozog‘istonda Xitoyning 14 ta DJI Agras T30 droni qo‘lga olinganini, ular Qirg‘izistondan Rossiyaga olib ketilayotganini tan oldi.

Vazirlikning aniqlik kiritishicha, yetkazib beruvchi kompaniya 2022-yilda import hujjatlari uchun ariza bermagan. Agentlikning ta’kidlashicha, bu eksport nazoratining yagona buzilishi bo‘lgani uchun kompaniya javobgarlikka tortilgan.

Avvalroq AQSh Rossiyaga qator iqtisodiy cheklovlarni chetlab o‘tishga yordam bergani uchun Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar tayyorlayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan