Qozog‘iston oktabrda Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranzitini boshlaydi

Qozogʻiston hududi orqali Rossiya gazining Oʻzbekistonga tranziti 2023-yil oktabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan, deb xabar qildi QazaqGaz.

Qayd etilishicha, ayni paytda “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurining Qozog‘iston uchastkasida gaz tashish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. QazaqGaz barcha texnik tadbirlar tasdiqlangan jadvalga muvofiq to‘liq hajmda amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 2023-yil 16-iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida “Gazprom” O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangandi. 2023-yilning to‘rtinchi choragida gaz eksporti yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan