O‘zbekistonda inflyatsiya so‘nggi 5 yildagi eng past ko‘rsatkichga yetdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Statistika agentligi O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YIM) 2023-yilning birinchi yarim yilligida 5,6 foizga o‘sgani haqida xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda inflyatsiya sekinlashishda davom etmoqda va 6 oy yakunlariga ko‘ra so‘nggi 5 yildagi eng quyi ko‘rsatkichlarni ko‘rsatmoqda.
Yillik ko‘rsatkichlarda inflyatsiya 9 foizgacha sekinlashdi. Shuningdek, nooziq–ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi 5,8 foizdan 3,1 foizga sekinlashgan.
2023-yilning dastlabki 6 oyi davomida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12,3 foizga ko’tarildi.
Xususan,
– aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 22.9 foizga;
– moliyaviy xizmatlar — 22,7 foizga;
– taʼlim xizmatlari — 19,5 foizga;
– turar joy va oziq–ovqat mahsulotlari 10,4 foizga oshganini kuzatish mumkin.