Rossiya “don kelishuvi”dan chiqqani fonida bug‘doy narxi keskin ko‘tarildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Moskva don yo‘lagi kelishuvidan chiqqanidan so‘ng Ukraina portlariga ketayotgan kemalar potensial harbiy nishon sifatida ko’rilishi e’lon qilgani fonida jahon bozorida bug‘doy narxi yuqori sur’atda ko’tarildi.
TRT Haber nashrining xabar berishicha, Yevropa fond bozorlarida bug‘doy narxi chorshanba kuni oldingi kunga nisbatan 8,2 foizga, makkajo‘xori narxi esa 5,4 foizga oshgan.
AQSH bug‘doy fyucherslari ham 8,5 foizga oshdi, bu Rossiyaning Ukrainaga hujumidan keyingi kunlik eng yuqori o‘sish hisoblanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, narx ko‘tarilishi iste’molchiga bevosita ta’sir qilmaydi, biroq ta’minotning qisqarishi vaqt o‘tishi bilan narxlar o‘sishiga sabab bo’ladi. Chunki hozirgi vaqtda Rossiya bilan kelishuvga erishish juda muhim.
Rossiya Putin talablari bajarilsa, darhol don kelishuviga qaytishini e’lon qildi. Bu talablarga Rossiyadan g‘alla va o‘g‘it sotishga qo‘llangan sanksiyalarni bekor qilish va Rossiya qishloq xo‘jaligi bankini global to‘lov tizimiga qayta ulash kiradi.