Abdulaziz Komilovning o‘g‘liga tegishli kompaniya AQSh sanksiyalariga uchradi

AQSh Ural kon-metallurgiya kompaniyasi (UKMK)ga qarshi sanksiyalar kiritdi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Chet el aktivlarini nazorat qilish idorasi UKMK va uning sho‘ba korxonalari bilan operatsiyalarni 18-oktabrgacha qisqartirish bo‘yicha litsenziya berdi.

Shuningdek, “qora ro‘yxat”da UKMK guruhiga kiruvchi “Uralelektromed” va UKMK-rangli metallarni qayta ishlash” kompaniyalari ham bor.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vaziri, hozirda Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimini egallab turgan Abdulaziz Komilovning o‘g‘li, Rossiyadagi bir nechta yirik kompaniyalarda ulushlarga ega Doniyor Komilov Ural kon-metallurgiya kompaniyasining benefitsiar egasi hisoblanadi.

UKMK — Rossiyaning tog‘-metallurgiya xoldingi, mamlakatdagi mis, rux, ko‘mir va qimmatbaho metallarning eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan