Oʻzbekistonning 6 oylik iqtisodiy holati ochiqlandi

Statistika agentligi O‘zbekistonning 2023-yilning yanvar-iyun oylaridagi iqtisodiy holati bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra,

  • yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati — 105,6 %;
  • sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi — 105,6 %;
  • qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati — 104,8 %;
  • chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati — 106,9 %;
  • bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati — 112,3 %;
  • qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining o‘sish sur’ati — 103,8 %;
  • tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati — 119,4 %;
  • eksportning o‘sish sur’ati — 123 %;
  • importning o‘sish sur’ati — 117 %;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni — 477 722 ta;
  • transportda yuk tashishning o‘sish sur’ati — 100,1 %;
  • transportda yoʻlovchi tashishning o‘sish sur’ati — 105,5 %;
  • aholining real umumiy daromadlari o‘sish sur’ati — 106,5 %;
  • doimiy aholi soni (2023-yil 1-iyul holati bo‘yicha) — 36 372,3 ming kishi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan