Talabalar uchun universal bank kartasi joriy etilishi mumkin

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Undan guvohnoma, pul o’tkazmalari va boshqa o’rinlarda foydalanish mumkin.
Bu haqida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Talabalar bank kartadan guvohnoma sifatida, yotoqxonalar, kutubxonalar, sport majmualariga kirish, onlayn mikroqarzlarni rasmiylashtirish, omonatlar va elektron hamyonlar ochish, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish va hatto xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish va masofaviy bank xizmatlarining barcha turlaridan foydalanishlari mumkin.
“Talabaning universal bank kartasi” tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish maqsadida bo’lib o’tgan uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” Boshqaruv raisi K.Irisbekova kelishib olishdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.