Yangi Toshkent bosh rejasini xorijiy kompaniyalar ishlab chiqadigan bo’ldi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
“Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko’ra, Yangi Toshkent bosh rejasini Singapurning Meinhardt Pte. Ltd.
Buyuk Britaniyaning Foster and partner va Niderlandiyaning OMA kompaniyalari ishlab chiqadigan bo’ldi.
Ma’lumot uchun, Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun Yuqori Chirchiq tumanidagi O‘zbekiston, Do‘stlik, Surankent, Turkiston, Guliston, Iyk ota, (Qibray) Nurmuhammedov hamda O‘rta Chirchiq tumanining Do‘stlik, Oxunbobev, Kim Pen Xva mavzelari va Sholichilik instituti hududidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan ayrim yerlarning toifasi o‘zgartiriladi.
Bunyod etiladigan Yangi Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini qurish uchun yer uchastkalari Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori bo’yicha E-auksion elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotiladi yoki ijaraga beriladi.