Ukrainani minalardan tozalash 37,4 milliard dollarga tushadi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
The Washington Postga ko’ra, Ukrainani bomba va snaryadlardan butunlay tozalash uchun 757 yil zarur. Buning uchun 500 ta sapyorlar guruhi ishlashi kerakligini ma’lum qilgan nashr tahlilchilari.
Minalardan tozalash nafaqat sekin, balki qimmat ham. Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, tozalash ishlarining kvadrat metri 2 dollardan 8 dollargacha hisoblangan. Ukrainani minalardan tozalash keyingi 10 yil ichida 37,4 milliard dollarga tushadi.
Ma’lumot uchun, AQSH davlat departamentining 2023-yilgi hisobotiga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Ukrainani minalardan tozalash uchun 95 million dollardan ortiq mablagʻ ajratgan.