Prezident va tadbirkorlar muloqotiga oz qoldi, murojaatga qabul boshlandi

Uchinchi marotaba o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan davlat rahbarining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga ariza va murojaatlarni qabul qilish boshlandi.

Ilk ochiq muloqot 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan va mamlakat rahbari shu kuni  tadbirkorlar kunini belgilash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, har yili shu kuni prezidentning ishbilarmon doiralar bilan uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Bu, o‘z navbatida, tizimli muammolarni aniqlash, ularni hal qilish yo‘llarini topish va mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirishga yordam beradi. Bu formatdagi muloqot an’anasi ikki yildan buyon davom etib kelayotganiga qaramasdan 2021-yildan boshlab tadbirlarga tayyorgarlik doirasida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha 27 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushdi.

Bu yil uchinchi Ochiq muloqot bo’lib o’tadi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (biznes-ombudsman) bilan hamkorlikda koll-markazlar va tahliliy shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Haftasiga etti kun, sutkasiga 24 soat operatorlar faoliyati yo’lga qo’yildi. Bu jarayonga mas’ul vazirlik va idoralar jalb etilib, viloyatlarda hududiy shtablar tashkil qilingan.

Ma’lumot uchun, tadbirkorlar kunigacha kam vaqt qoldi. Murojaat va takliflarni 1094 va 1100 raqamlari yoki yozma ravishda business.gov.uz Portal murojat qilishigiz mumkin

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan