Investitsiyalarning 55,8 foizi yangi qurilishlarga yoʻnaltirilgan

Statistka agentligining xabar berishicha, 2023-yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 139,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Ulardan 55,8 foizi yangi qurilishlarga yoʻnaltirilgan boʻlsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish boʻyicha 24,3 % hamda boshqa xarajatlarga 19,9 % investitsiyalar yoʻnaltirildi.

Agentlikning aytishicha, 2023 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 34 102 taga yetgan. Qurilish korxonalarining eng katta qismi, ya’ni 6 911 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 20,3 % Toshkent shahrida joylashgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan