Unistream faoliyati to’xtaganini rad etdi

Rossiya banki matbuot xizmatining xabar berishicha, “Unistream” to‘lov tizimi pul o‘tkazmalarini amalga oshirmoqda.

Ma’lumotga ko’ra, O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari uchun limitlar ko’paygan, bir martalik tranzaksiya hajmi 16,5 mlngacha, oylik limit 165 mln so‘mgacha yetadi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, “Unistream” odatdagidek o‘z ishini davom ettirib, “UzCard” hamda “HUMO” kartalariga komissiyasiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirmoqda.

Pul o’tkazmasi rublda yuborilib, milliy valyutada qabul qilinadi. Amaliyotni “Unistream”ning istalgan ofisda, Rossiya bankining veb-saytida va mobil ilova orqali amalga oshirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 20-iyun kuni AQSh G‘aznachiligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) “Unistream” va Rossiyaning yana to‘rt bankiga nisbatan bloklovchi sanksiyalar qo’llagandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan