Aloqa va axborotlashtirish xizmatlariga 14,4 trln so‘m sarflandi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,8 % ni tashkil etgan.
2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 14,4 trln so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,9 % ga oshgan.
2023- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 858 tani tashkil etgan.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining tarkibi:
• Telekommunikatsiya xizmatlari – 57,8 %
• Kompyuterda dasturlashtirish bo‘yicha xizmatlar – 21,3 %
• Axborot xizmatlari – 11,1 %
• Boshqa aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 9,8 %