Urush dastidan Rossiyadan 253 milliard dollar olib chiqib ketilgan

“The Moscow Times” xabariga ko’ra, 2022-yilning fevralidan boshlab, 2023-yilning iyunigacha Rossiyadan kapitalning sof chiqishi Bankning Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash markazi tomonidan hisoblab chiqildi.

“Joriy tranzaksiya hisobvaraqlari boʻyicha sof tushumlar 236 milliard dollar va moliyaviy hisoblar boʻyicha sof chiqimlar misli koʻrilmagan darajaga yetdi”, dedi Bank ekspertlari.
Tahlillarga ko’ra, o’tgan yili Rossiyadan 239 milliard dollarlik, shu jumladan, bosqindan oldingi yanvar oyida 13 milliard dollarlik chiqish qayd etilgan. Bu ko’rsatgich 2021-yilda mamlakatdan olib chiqib ketilganidan to’rt baravar ko’p.

Ma’lum bo’lishicha, 2023-yilgacha Rossiyadan yana 27 milliard dollar olib chiqib ketilgan. Manbaga ko’ra, 2022-yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan kapital chiqib ketish darajasi 13 foizni tashkil etib, 2008-yilgi global moliyaviy inqiroz davrida ham, 2014-yilda Rossiya Qrimni Ukrainadan anneksiya qilganidan keyin ham kuzatilgan 11 foizlik rekordni yangiladi.
Rossiya ma’lumotlariga ko’ra, oldingi 13 yil ichida kapitalning o’rtacha chiqishi 5% ni tashkil etgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan