Vengriyaga viza olish osonlashadi

O’zbekiston va Vengriya o’zaro sayyohlik oqimini oshirish uchun viza olish jarayonini osonlashtirishga qaror qilishdi.

Bu haqda iqtisodiy hamkorlik bo’yicha O’zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining sakkizinchi majlisida ma’lum bo’ldi.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat sohalarida hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar investitsiya jamgʻarmasining ishga tushirilishini ma’qulladi.

Mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni faollashtirish maqsadida Toshkent va Budapesht shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, oʻzaro sayyohlik oqimining oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi kutilayotgan viza tartib-taomillarini soddalashtirishga kelishib oldilar.

Majlis doirasida ikki mamlakat biznesining 200 dan ortiq vakillari ishtirokida biznes-forum o’tkazildi. Unda KASH, Gedeon Richter, Meditop, Wizz Air, Bonafarm, Mall Group va Semmelweis universitetlarining yirik kompaniyalari ishtirok etdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan