“Volkswagen”ning daromadlari 20 foizga kamaygan

Germaniyaning “Volkswagen” avtokonserining daromadi barcha soliqlar to‘langanidan keyin 20 foizga kamaydi.

Hozirda kompaniyaning umumiy daromadi 9,45 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda “Associated Press” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchisi Xitoy bozoridagi o‘rnini tiklashga urinmoqda. Shu sababli daromadlar sezilarli darajada pasaygan.

Konsernning ma’lum qilishicha, operatsion jarayonlardan olingan daromadlar 13 foizga oshib, 13,9 milliard dollarni tashkil qilgan.

Kompaniyaning moliyaviy masalalar bo‘yicha bosh direktori Arno Antlitzning so‘zlariga ko‘ra, “Volkswagen” kelajakda yanada raqobatbardosh biznes bo‘lishga intiladi.

“Biz yilning ortda qolgan olti oyida yaxshi moliyaviy natijalarga erishdik. Biz Xitoydagi o‘zgarishlar sababli Volkswagen guruhining raqobatbardoshligini yanada yaxshilaymiz”, deydi kompaniyaning bosh moliyachisi.

Avtomabil ishlab chiqaruvchisining G‘arbiy Yevropadagi o‘rni kuchliligicha qolmoqda. Orta qolgan olti oy davomida G‘arbiy Yevropadagi mijozlar 1,65 million avtomobil va 200 mingta akkumulyatorli elektr avtomobillar buyurtma qilgan. Bu xaridorlarning barqaror talabini ko‘rsatadi.

Shuningdek, kompaniya Xitoyning yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi Xpeng, Audi, FAW va SAIC kompaniyalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik kengayishini ma’lum qildi. Bundan ko‘zlangan maqsad dunyodagi eng yirik avtomobil bozori bo‘lgan Xitoy uchun yangi modelarni ishlab chiqarishdir.

“Volkswagen” yil davomida 9,5 millonta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi. Biroq kompaniya yillik rejani 9 million avtomobilga tushirdi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi olti oy davomida 4,4 million dona mashina sotdi. Xitoydan tashqaridagi savdolar 21 foizga o‘sgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan