Jazoir Rossiyaning Afrikaga kiruvchi “investitsiya darvozasi” ga aylanadi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Sankt-Peterburgda yakunlangan Ikkinchi Rossiya-Afrika sammiti chog‘ida Jazoir rossiyalik investorlarning qit’aga kirishi uchun “investitsiya darvozasi” bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “Asharq al-Awsat” nashriga tayanib, EurAsia daily xabar berdi.
Jazoir ikkala tomon uchun kuchli va foydali Rossiya-Afrika hamkorligini rivojlantirish va adolatli xalqaro tizimni shakllantirishni ko’zda tutgan.
Jazoir Bosh vaziri Rossiya bilan strategik sheriklik doirasida “Afrikaga kirish eshigi”ga aylantirganini tasdiqladi.
Rossiya energetika vaziri Nikolay Shulginov Jazoir bilan 2026 yildan boshlab kuniga ikki million kubometr gaz ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolanganini e’lon qildi. Shulginovning aytishicha, Gazprom 2026 yilda Jazoirdagi El-Assel uchastkasida uglevodorod qazib olishni boshlashni rejalashtirmoqda.