UZCARD va HUMO to‘lov tizimlarining bankomatlarini integratsiyalash yakunlandi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
UZCARD va HUMO to‘lov tizimlarining bankomatlarini integratsiyalash muvaffaqiyatli yakunlandi.
To‘lov kartalaridan foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida barcha tijorat banklarining bankomatlari ikkala to‘lov tizimining kartalarini qabul qilishlari uchun birlashtirildi.
Endi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha bankomatlar ushbu imkoniyatni qo‘llab-quvvatlaydi va endi kartalarga mos bankomat izlab vaqt sarflashingiz shart emas. Har bir bankomat UZCARD va HUMO kartalaridan tranzaksiyalarni amalga oshirish va naqd pul yechib olish imkonini beradi.