Osiyo aksiyalari ko’tarildi

Osiyo aksiyalarining narxi mintaqalarda inflyatsiyaning o’sishiga qaramay, “Wall street”da boshlangan miting natijasida yuzaga kelgan bozor optimizimi tufayli ko’tarildi, deb yozmoqda “Associated Press” axborot agentligi.

Qayd etilishicha, investorlar Avstraliya zahira bankining ham siyosiy qarorini kuzatib borgan. Ba’zi tahlilchilar Avstraliya bozorida o’sish bo’lishini kutmoqda. Biroq ING Economics tahlilchilari kengrular yurtida o’sish ehtimoli yo’qligini aytmoqda.

Yaponiyaning Nikkei 225 birjasi 1-avgust kuni tongda bo’lib o’tgan savdolarda 0,7 foizga oshib,33 418,53 ga yetdi. Avstraliyaning S&P ASX 200 indeksi 0,4 foizga ko’tarilib, 7436 darajaga chiqdi. Shuningdek, Janubiy Koreyaning Kospi indeksi 1,3 foiz o’sishga erishib 2 667,03 lik nuqtaga yetdi. Gong Kongning Hang Seng indeksi esa 0,1 foizlik kichik pasayish qayd etib, 20 068,66 tushdi. Qolaversa, Xitoyning Shanxay Kompoziti ham 0,1 foizlik qulashga uchrab, 3 286,34 lik nuqtada turibdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan