Xalqaro yirik zavodlarning faoliyati yomonlashdi

2023-yilning iyul oyida xalqaro yirik zavod va fabrikalarning faoliyati yanada yomonlashdi, deb yozadi “Reuters” axborot agentligi.

Bugungi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Xitoy iqtisodiyotining sekinlashuvi  butun dunyoga ta’sirini o‘tkazdi.

Dunyo mamlakatlari inflyatsiyani jilovlash uchun keskin va tajovuzkor siyosatni qo‘llamoqda. Shu bilan birgalikda davlatlar potentsial iqtisodiy turg‘unlikning oldini olishga harakat qilishi kerak.

Yevropa hududini qamrab olgan Xarid qilish menejerlari indeksi (Purchasing Managers’ Index) ning ma’lum qilishicha, iyul oyida butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish eng tez sur’atlarda pasaygan. Zavodlar narxlarni keskin tushurganiga qaramay, talab ham shunga yarasha kamaygan. Chunki, haligacha davlatlar COVIDning iqtisodiy ta’siridan chiqib ketolmagan.

 

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan