Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard yevroga yetdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bergan xabarga ko’ra, Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2022-yilda ilk bor 1 milliard yevroga yetdi.
Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda nemis kapitali ishtirokidagi 200 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda. 2017-yildan beri Germaniyadan 4 milliard yevro sarmoya o‘zlashtirildi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 928,8 million dollarni, 2022-yilning birinchi yarmida bu koʻrsatkich 557,8 million dollarni, 2021-yilda esa 334,1 million dollarni tashkil qilgan.