Rossiyaliklar O‘zbekiston biznesiga sarmoya kiritishda faol bo’lmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Respublikada Rossiya Federatsiyasi bilan ayni paytda 2,8 mingga yaqin qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda.
O‘zbekiston hududida xorijiy kapital ishtirokidagi 12,7 mingga yaqin korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 20 foizdan ortigʻi Rossiya investitsiyalari ishtirokida yaratilgan, deb xabar qildi Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.
12742 ta shunday korxonadan 2869 tasi ruslar hisobidan ishlaydi. Shuningdek, Xitoy (1860 ta korxona), Turkiya (1741 ta), Qozogʻiston (950 ta) va Janubiy Koreya (695 ta) fuqarolari Oʻzbekiston tadbirkorlik sohasiga sarmoya kiritmoqda.
TASS yozganidek, Rossiya Federatsiyasi tadbirkorlari 2023-yil boshidan buyon O‘zbekistonda 393 ta korxona ochilishida ishtirok etdi.