O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish prognozi saqlab qolindi

Fitch Solutions 2023-yil uchun O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi prognozini 5 foiz darajasida saqlab qoldi.

Agentlikning taʼkidlashicha, Ukrainadagi urush davrida iqtisodiyotning barqarorligi pul oʻtkazmalari hisobiga qoʻllab-quvvatlanmoqda.

O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 2024-yilda 5,6 foiz darajasida kutilmoqda.

2023-yilning birinchi choragi natijalari shuni ko’rsatadiki, Rossiya-Ukraina urushi va Rossiyaga qarshi sanksiyalarning ikkinchi yilida ham iqtisodiyot barqarorligini saqlab qoldi.

Hisobotda, shuningdek, 2023-yilning birinchi choragida pul o’tkazmalari oqimi kuchli bo’lib, uy xo’jaliklari iste’molini qo’llab-quvvatlashda davom etgani ta’kidlanadi.

Joriy yilda Rossiyaga ko‘chib kelgan mehnat muhojirlari soni ikkinchi chorakda birinchi chorakga nisbatan 72,% ga oshib, 630 ming kishini tashkil qildi. Bu shuni ko’rsatadiki, pul o’tkazmalari o’sish uchun hissa qo‘shadi.

Fitch shuningdek, 2024-yilda yalpi ichki mahsulotning 5,6 foizga o‘sishi prognozini ham saqlab qoldi. Bu investitsiyalar va ichki talabning ortishi bilan bog’liq.

Bundan tashqari, jahon bozorida oltin va tabiiy gaz narxining oshishi, shuningdek, davom etayotgan xususiylashtirish mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashi prognoz qilinmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan