O‘zbekistonga 1 yarim milliondan ziyod telefon kirib keldi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 107,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1 558,3 ming dona mobil telefonlar import qilgan.

Oʻzbekistonga 2023-yilning yanvar-iyun oylarida eng koʻp mobil telefon import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 1 389,5 ming dona
  • Vetnam – 148,8 ming dona
  • Hindiston – 14,2 ming dona
  • Qozogʻiston – 2,4 ming dona
  • Tayvan – 1,6 ming dona
  • Turkiya – 1,9 ming dona
  • Boshqa davlatlar – 1,4 ming dona

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan